Hozirgi kunda barcha ta’lim tashkilotlari, shu jumladan maktabgacha ta’lim tashkilotlari zamonaviy kompyuter va axborot texnologiyalari vositalari bilan jihozlanmoqda. Bunda tarbiyachi pedagoglarning o‘z mehnati faoliyatiga yangicha yondashuvni, mashg‘ulot o‘tish jarayonida tarbiyalanuvchilarning bilim, malaka va ko‘nikmalarini shakllantirish hamda ularni tushunarli va qiziqarli shaklda tashkil etishda zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikasion texnologiyalardan samarali foydalanishlari zaruriyati paydo bo‘ladi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilariga ta’lim berishda axborot texnologiyalaridan foydalanish murakkab masala hisoblanib, ko‘plab bahs-munozaralarga sabab bo‘lmoqda. Lekin shunga karamay, maktabgacha yoshdagi bolalarni tarbiyalash va ularning har tomonlama yetuk inson bo‘lib rivojlanishida kompyuter texnologiyalari vositalaridan foydalanish o‘zining ijobiy samarasini bermoqda.
Multimedia vositalari asosida maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim-tarbiya berish quyidagi afzalliklarga ega:
A) berilayotgan materiallarni chuqurroq va mukammalroq o‘zlashtirish imkoniyati bor;
B) ta’lim-tarbiya olishning yangi sohalari bilan yaqindan aloqa qilish ishtiyoqi yanada ortadi;
V) ta’lim-tarbiya olishvaqtining qisqarishi natijasida, vaqtni tejash imkoniyatiga erishish;
G) olingan bilimlar kishixotirasida uzoq muddat saqlanib, kerak bo‘lganda amaliyotda qo‘llash imkoniyatiga erishiladi.
Demak, kompyuterli didaktik o‘yinlar ta’lim bilan bevosita bogliq bo‘lib, ta’lim jarayonini amalga oshirishga yordam qiladi. Kompyuter va uning xotirasidagi ta’limiy o‘yinlar birgalikda, multimedia texnologiyasi (kompyuterli ta’lim)ning o‘yinlar bo‘yicha asosiy didaktik vositasi hisoblanadi. Kompyuter xotirasidagi o‘yinlardan tashqari, qo‘shimcha didaktik o‘yinlar tayyorlash mumkin.
Bugungi kunda maktabgacha ta’lim tashkilotlarida axborot texnologiyalaridan
tarbiyalanuvchilarning badiiy-musiqiy faoliyatini, matnlarni o‘qish, rasmlarni ko‘rish va ajrata bilish tasavvurlarini kengaytirish, kompyuterli o‘yin dasturlari orqali fikrlash va mustaqil qarorlar qabul qilish bilim, malaka va ko‘nikmalarini shakllantirishda keng foydalanilmoqda.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida kompyuterli o‘yin dasturlaridanfoydalanish bolalarda bir qancha pedagogik-psixologik funksiyalarni amalga oshiradi va shakllantiradi:
- charchoq vaquvvatsizlikni yo‘qotadi;
- o‘z qobiliyati va iqtidorini namoyish qilish ikonini beradi;
- mustaqilharakat qilish imkonini beradi;
- hamkorlik qilish usullarini ishlab chiqishimkonini beradi;
- muloqotqilish ko‘rinishlarini shakllantiradi;
- insonlar bilan qanday munosabatda bo‘lishni o‘rgatadi;
- o‘z-o‘zini nazorat qilishni shakllantiradi;
- obrazli tasvvurlash va fikrlash rivojlanadi;
- nutq, kreativ fikrlash va kognitiv qobiliyatlari rivojlanadi.Kompyuterli o‘yin dasturlaridan tashqari maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun kompyuterli nashrlar, shu jumladan virtual laboratoriya, ijodiy ishlanmalar, virtual sayohatlar va boshqa elektron axborot resurslari yaratilmoqdaki, ulardan foydalanish bugungi kunda o‘z samarasini ko‘rsatmoqda.