

Ta'lim Metodologiyasi
Tarbiyachilar uchun eng yaxshi amaliyotlar va strategiyalar
Shaxsga yo'naltirilgan ta'lim texnologiyalari (Personalized Learning Technologies)
Tavsifi: Shaxsga yo‘naltirilgan texnologiyalar har bir bolaning individual xususiyatlariga mos keladigan ta’lim va tarbiya usul va vositalarini aniqlaydi. Shu bilan birga, bolalarning munosabatini va faoliyati tashkil etilishini o‘zgartiradi, turli o‘quv qo‘llanmalardan foydalanadi:
- tadqiqot (muammolarni izlash, kashfiyot orqali o‘rganish,tajriba);
- kommunikativ (munozara, nutqni rivojlantirish, fantaziya, notiqlik);
- o‘yin (o‘yin orqali o‘rganish, ertak, vaziyat, sahnalashtirish – fantaziyaga kirish);
- psixologik (o‘z taqdirini o‘zi belgilash–bolani tanlashga o‘rgatish, o‘zini-o‘zi boshqarish, o‘zini-o‘zi himoya qilish,
o‘z-o‘zini tarbiyalash);- faoliyat (bola bilimlarni tayyor holda emas,balki ta’lim-tarbiya jarayonida o‘zi o‘rganadi. Ta’lim-tarbiyani tuzilishi faol qadamlar tizimini o‘z ichiga oladi);
- refleksiya(individuallikni saqlash, ijodiy yaratuvchanlik, shaxsiylikni har qanday faoliyatda shaxs sifatida saqlab qolish, o‘zini-o‘zi aniqlash vositasi)Hamkorlikda o‘qitish (Collaborative Learning)
Tavsifi: Hamkorlikda o‘qitish — tarbiyalanuvchilarning birgalikda ishlashini, bilim va tajriba almashishini ta'minlaydigan ta'lim shakli. Tarbiyalanuvchilar kichik guruhlarda maqsadga erishish uchun bir-birlariga yordam berishadi, o‘z fikrlarini erkin ifoda etishadi va mustaqil fikrlashni rivojlantiradilar.
Maktabga tayyorlov guruhida qo‘llanishi:
- Bolalar kichik guruhlarda matnlarni o‘qib, birgalikda tushunishga harakat qilishadi.
- Hamkorlikda hikoya tuzish, hikoyani navbat bilan o‘qish va rolli o‘yinlar o‘ynash orqali o‘qish savodxonligi oshiriladi.
- Bu jarayon bolalarda muloqot ko‘nikmalarini va jamoaviy ishlash madaniyatini shakllantiradi.
- Tavsiya etiladigan mashg'ulotlar:
- 📚Matnni birgalikda o‘qish va savollarga javob topish
Topshiriq: Tarbiyachi oddiy matnni (masalan, "Mushuk va Sichqon" ertagi) beradi. Bolalar kichik guruhda matnni o‘qib chiqishadi va birgalikda savollarga javob tayyorlashadi.
Masalan:"Mushuk nima qildi?"
- "Sichqon qayerga yashirindi?"
- Har bir bola o‘qilgan matn asosida o‘z javobini aytadi va guruh nomidan javob berishadi.
Tabaqalashtirilgan ta’lim (Differentiated Instruction)
Tavsifi: Tabaqalashtirilgan ta'lim — har bir tarbiyalanuvchining yoshi, individual ehtiyoji, bilim darajasi va qobiliyatiga qarab dars mazmunini va metodikasini moslashtirishni nazarda tutadi.
Maktabga tayyorlov guruhida qo‘llanishi:
- Matnlar soddalashtirilgan va rivojlantirilgan variantlarda beriladi.
- Ba'zi bolalar harflarni ajratib o‘rganadi, boshqalari esa qisqa gaplarni o‘qib tahlil qiladi.
- Har bir bolaning qobiliyatiga qarab topshiriqlar darajasi va murakkabligi o‘zgartiriladi, bu esa ularning o‘ziga ishonchini oshiradi.
- Tavsiya etiladigan mashg'ulotlar:
- 📚 1. Matnni darajalarga moslab berish
Topshiriq:
Tarbiyachi tarbiyalanuvchilarni o‘qish darajasiga qarab kichik guruhlarga ajratadi va turli darajadagi matnlar beradi.
Masalan:- Boshlang‘ich darajadagilar: Harflarni va sodda so‘zlarni o‘qiydi (masalan: "olma", "kitob").
- O‘rta darajadagilar: 2–3 so‘zli qisqa gaplarni o‘qiydi ("Olma qizil.", "Mushuk uyda.").
- Yuqori darajadagilar: 4–5 so‘zli murakkabroq gaplarni o‘qiydi va savollarga javob beradi ("Ota bog‘da gullarni sug‘oryapti.").
Individual ta’lim (Individualized Learning)
Tavsifi: Individual ta'lim — o‘quv jarayonida har bir tarbiyalanuvchining o‘z sur'ati, qiziqishi va o‘ziga xos xususiyatlari hisobga olinadi. Maqsad — har bir bolaning shaxsiy rivojlanishini maksimal qo‘llab-quvvatlash.
Maktabga tayyorlov guruhida qo‘llanishi:
- Har bir bola uchun shaxsiy o‘quv kartalari va o‘qish topshiriqlari tayyorlanadi.
- O‘qish tezligi, matn tushunishi va ifodali o‘qish bo‘yicha har bir bola bilan alohida ishlanadi.
- Mustaqil o‘qishga rag‘batlantirish orqali bolalarning o‘quvga qiziqishi oshiriladi.
- Tavsiya etiladigan mashg'ulotlar:
- 📚Shaxsiy o‘quv kartalari tayyorlash
Topshiriq: Har bir bolaning bilim darajasi va o‘rganish sur'atiga mos alohida o‘quv kartalari tuziladi.
Misol:- Bir bola uchun harf va rasm moslashtirish kartochkalari: "A – Olma", "B – Bola".
- Boshqa bola uchun so‘z va gap tuzish kartochkalari: "Kitob – Men kitob o‘qiyman."
📚Shaxsiy o‘quv topshiriqlari berish
Topshiriq: Har bir bola o‘z darajasiga mos topshiriqni bajaradi.
Misol:Yangi boshlovchi: Harflarni tanib yozish.
- O‘rtacha darajadagi bola: O‘qilgan qisqa gapni rasmla ifodalash.
- Rivojlangan bola: O‘qilgan matn asosida kichik hikoya tuzish.
Muammoli ta’lim (Problem-based Learning)
Tavsifi: Muammoli ta'lim — bolalarda mustaqil fikrlash, savollar berish va muammolarni hal qilish ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan metod. Bolalar real hayotdagi vaziyatlarga o‘xshash muammolar ustida ishlaydi.
Maktabga tayyorlov guruhida qo‘llanishi:
- Bolalarga savol beriladi: "Nega hikoya qahramoni bunday qildi?", "Siz o‘rnida bo‘lsangiz nima qilardingiz?"
- O‘qilgan matndan kelib chiqqan holda muammoli topshiriqlar beriladi: masalan, yakunini o‘ylab topish, boshqa variantlarni ishlab chiqish.
- Bu yondashuv bolalarning tahlil qilish va o‘qilgan matnni chuqur anglash ko‘nikmalarini rivojlantiradi.
- Tavsiya etiladigan mashg'ulotlar:
- 📚Muammoni guruhda hal qilish
Topshiriq:
Bolalar kichik guruhda bir muammoli vaziyat ustida fikr yuritib, yechim izlaydilar.
Misol:- Vaziyat: "Maktabda kitoblar yo‘qolib qoldi."
- Savol: "Nima qilamiz? Kitoblarni qanday topamiz?"
- Guruh bo‘lib yechimlar o‘ylashadi: "Kitob qayerda oxirgi marta ko‘rilganini so‘raymiz," yoki "Kitob javonlarini tekshirib chiqamiz."
Axborot-kommunikatsion texnologiyalari (Information and Communication Technologies, ICT)
Tavsifi: Axborot-kommunikatsion texnologiyalari — ta’lim jarayonida kompyuter, planshet, smart doska, interaktiv dasturlar va onlayn resurslardan foydalanish orqali tarbiyalanuvchilarning qiziqishini va ta'lim samaradorligini oshirish.
Maktabga tayyorlov guruhida qo‘llanishi:
- O‘qishni o‘rgatish uchun interaktiv o‘yinlar (masalan, harflarni to‘g‘ri tartibda joylashtirish, so‘zlarni tanlash) ishlatiladi.
- Multfilmlar va animatsiyalar orqali hikoyalarni ko‘rib chiqish va keyin uni ifodalab berish orqali o‘qish ko‘nikmalari mustahkamlanadi.
- Raqamli kitoblar va audio kitoblar yordamida eshitish va tushunish ko‘nikmalari rivojlanadi.
- Tavsiya etiladigan mashg'ulotlar:
- 📚Interaktiv o‘yinlar orqali harf va so‘z o‘rganish
Topshiriq: Planshet yoki kompyuterda maxsus o‘yin dasturlari (masalan, ABC Kids, Endless Alphabet) orqali bolalar harflarni o‘rganadilar va so‘z yasashadi.
Misol:- Bola ekranda harflarni to‘g‘ri tartibda joylashtiradi: "C-A-T" ➔ CAT.
- Har bir to‘g‘ri so‘z uchun bolaga raqamli yulduzcha yoki mukofot beriladi.
Bizning yondashuv!
Yorqin kelajak uchun innovatsion ta'lim!
April 28, 2025Shaxsga yo‘naltirilgan texnologiyalar har bir bolaning individual xususiyatlariga mos...April 28, 2025Bugungi kunda, muammoli o‘qitish deganda mashg‘ulotlarda pedagog tomonidan yaratiladigan...April 28, 2025Tarbiyalanuvchilarda o‘qish savodxonligini rivojlantirish jarayonida tabaqalashtirilgan o...April 28, 2025Hozirgi kunda barcha ta’lim tashkilotlari, shu jumladan maktabgacha ta’lim tashkilotlari...April 29, 2025Savodxonlikka o‘rgatish analiz-sintez tovush metodiga asosan olib boriladi. So‘z bo‘g‘inga...