Shaxsga yo‘naltirilgan texnologiyalar har bir bolaning individual xususiyatlariga mos keladigan ta’lim va tarbiya usul va vositalarini aniqlaydi. Shu bilan birga, bolalarning
munosabatini va faoliyati tashkil etilishini o‘zgartiradi, turli o‘quv qo‘llanmalardan
foydalanadi:
- tadqiqot (muammolarni izlash, kashfiyot orqali o‘rganish,tajriba);
- kommunikativ (munozara, nutqnirivojlantirish, fantaziya, notiqlik);
- o‘yin (o‘yin orqali o‘rganish, ertak,vaziyat, sahnalashtirish – fantaziyaga kirish);
- psixologik (o‘z taqdirini o‘zi belgilash –bolani tanlashga o‘rgatish, o‘zini-o‘zi boshqarish, o‘zini-o‘zi himoya qilish,
o‘z-o‘zini tarbiyalash);
- faoliyat (bola bilimlarni tayyor holda emas,balki ta’lim-tarbiya jarayonida o‘zi o‘rganadi. Ta’lim-tarbiyani tuzilishi faol qadamlar tizimini o‘z ichiga oladi);
- refleksiya (individuallikni saqlash, ijodiyyaratuvchanlik, shaxsiylikni har qanday faoliyatda shaxs sifatida saqlab qolish, o‘zini-o‘zi aniqlash vositasi).
Shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyasining asosiy prinsipi- bolaning individualligini tan olishva uning rivojlanishi uchun zarur va yetarli sharoit yaratishdir.Har bir bolaning psixologikxususiyatlarini hisobga olib, individual ishlash uchun o‘quvjaraѐnini o‘zgacha tashkillashtirish lozim bo‘ladi. Buning uchun o‘quv matnlari, didaktikmateriallar, ulardan foydalanish bo‘yicha metodik tavsiyalar, o‘quv dialogi shakllari, o‘quvchilar bilimini nazorat qilish shakllari maxsusloyihalashtirilib, bolalarning bilim olishi va rivojlanishiga qaratiladi.
Shaxsga yo‘naltirilgan ta’limda pedagogik jarayon shaxsda belgilangansifatlarning shakllanishiga qaratiladi.
Shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyasigan foydalanilganda muayyan talablarga amal qilish zarur:
