Namunaviy Ta'limiy Faoliyat ishlanmasi

· Namunaviy Ta'limiy Faoliyat ishlanmasi

Mavzu : Tovush va harf

Maqsad: tarbiyalanuvchilarga tovush va uning xilma xilligi haqida ma’lumot berish. Tovushlar harflar bilan ifodalanishini tushuntirish, so`z va bo`g`inlardan tovushni ajrata olishni o`rgatish, o`zaro hamkorlikda ishlash qobiliyatini tarkib toptirish.

Mashgulot metodi: analiz va sintez, kichik guruhlarda ishlash, ta’limiy o`yin “Nimaning ovozi”.

Mashg`ulot jihozi: Kitob maketi, turli ertak kitoblari, buyumlar tasviril kartochkalar, AKT,

Mashg`ulotning borishi:

I. Tashkiliy qism: 10 daqiqa

T: Bolajonlar barchangiz bormisiz

Mashg`ulot uchun tayyormisiz.

B. Mana bizlar hamamiz,

Zukko o`g`il qizlarmiz.

Qani bolajonlar, hammamiz o`z joylarimizni egallab olamiz va bugungi mashg`ulotimizni boshlaymiz. (har bir stolda kerakli o`quv qurollar borligi tekshiriladi)

Ayting-chi avvalgi mashg`ulotimizda siz bilan qaysi mavzuda suhbatlashgan edik? …….(so`z va bo`g`inlar)

Barakalla bolajonlar, keling siz bilan bir o`yin o`ynaymiz. Bu o`yinimiz bir necha bosqichda o`ynaladi.

“Hamkorlikda ishlash”

1- Bosqich

Tarbiyalanuvchilar juftlikda berilgan rasmni nomi va so`zni bo`g`inga bo`lib aytadilar. (olma, ol- ma, tarvuz, tar- vuz)

2- Bosqich

Tarbiyachi bilan birga bir necha rasmni ifodalovchi so`zni aytib bo`ginga bo`ladilar. Bu jarayonda hamma baravar xor bo`lib qaytaradilar.

3- Bosqich

Hamma bolalar doira bo`lib turib oladilar va o`z qollaridagi kartochkani o`rtoqlariga ko`rsatib navbat bilan bo`g`inlab beradilar. Ish yakunida bolalar ishi rag`batlantiriladi.

II. Asosiy qism: 20 daqiqa

Bolajonlar, bugungi mashg`ulotimiz mavzusi tovush va harflar.

Tarbiyachi bir necha narsaning ovozini magnit tasma orqali eshittiradi va uni bolalardan so`raydi. Masalan suvning shildirashi, oyoq tovushi, musiqa ohangi, mashina ovozi …….

Ularni tovush ekanligini va uni biz quloqlarimiz orqali eshitishimizni aytib o`tadi. Bular musiqa va tabiatdagi buyum va narsalarning harakatlanishidan chiqadigan ovoz. Hatto hayvonlar ham ovoz chiqaradilar uni ko`pchiligingiz eshitgansiz. Xo`roz, sichqon, qo`y, bo`ri qanday ovoz chiqaradi kim aytib bera oladi.

Insonlar ham gapirganlarida ovoz chiqishi va uning ham o`z nomi bor. Uni biz tovushlar deb ataymiz. Tovushlar birlashib esa ma’lum tilni hosil qiladi. Mana biz qaysi tilda gaplashamiz? Ha, to`g`ri o`zbek tilida gaplashamiz. Do`stlaringiz orasida qanday tilda gaplashadiganlarini uchratasiz. (rus, tojik, qozoq…) shunday ekan har bir tilning o`z tovushlari va ular ifodalaydigan harflari bor.

Quvnoq daqiqa:

“Yomg`ir” qo`shig`iga harakatli mashq bajariladi.

O`zbek tilida 29 ta harf mavjud. Bugun sizga shu harflarni tanishtirish maqsadida sehrli kitobchani olib keldim. Bolalarga kitob maketi ko`rsatiladi va uni ichi ochiladi kitob varaqlarida rasmlar bo`ladi lekin harflari bo`lmaydi. Tarbiyachi hayrat bilan kitobni varraqlydi ammo hech qanday harfni topa olmaydi.

Ekranda laylakvoy paydo bo`ladi.

Ovoz : men hamma harflarni berkitib qo`ydim agar men bilan sayohatga borsangiz sizga uni topishga yordam beraman.

Bolajonlar, rozi bo`larlik bo`lmasa qanday qilibo`qishni o`rganamiz. Kitobni o`qish uchun esa bizga harflar zarur. Ulardan bo`g`in, so`zlar hosil qilishimiz mumkin.

Bolalar ish daftari bilan ishlash.

Tarbiyachi: Bolalar, ish daftaringizni oching. Mevalar haqidagi berilgan topishmoqlar o`qituvchi tomonidan aytiladi, uning javobi topilib bo`g`in-tovush tarkibi tahlil qilinadi. Daftarda anor rasmi va so`z, bo`g`in va tovush andozasi berilgan. Olma, nok, banan rasmlari berilgan ammo ularni andozasi birgalikda bajariladi.

Masalan:

Kichkina dekcha

Ichi to`la mixcha ( anor)

-Anor so`zini bo`g`inga bo`ling.

-Anor so`zi necha bo`ginli so`z ekan?

-1-bo`g`inda nechta tovush bor?

2-bo`g`indagi tovushlar sonini aniqlang.

-Tovushni nima qilamiz?

-Tovushni talaffuz qilamiz,eshitamiz .

Xulosalash: A-nor: 2 ta bo`g`in, 4ta tovush (a,n,o,r) dan iborat. Tovushlarni talaffuz qilamiz (yoki aytamiz), eshitamiz.

III. Yakuniy qism;

Tarbiyachi: Laylakvoy so`z va bo`g`inlardan tovushlarniagrata olasanmi?.

Laylakvoy: Ha.

Tarbiyachi: kelinglar bolalar, “Qanday tovush” o`yinini o`ynaymiz. Avval tarbiyachi bir necha so`zni aytib uning birinchi tovushini ajratib talaffuz qiladi. So`ng Laylakvoy bilan birga bajariladi.

Tarbiyachi bolalar bilan yakunlovchi suhbat olib boradi:

-Mashg‘ulotda nimalarni eslab qoldingiz?

-Mashg‘ulotda sizga qanday o‘yin yoqdi?

-Mana bu gapda nechta so`z bor ekan ?

Kim so`zlarni bo`g`inlab bera oladi ?

Izchillik bolalarda o‘qish savodxonligini rivojlantirish jarayonining bosqichma-bosqich, tizimli va ketma-ketlikda olib borilishini anglatadi. Bunda har bir yangi bilim va ko‘nikma oldin o‘zlashtirilgan bilimlar asosida egallanishi ko‘zda tutiladi.

Izchillik tamoyiliga muvofiq savodxonlikka o‘rgatish mashg‘ulotlarida:

- mashg'ulotlar rejali, mantiqiy ishlabchiqiladi;

- o‘quv- metodik materiallar o'rtasida uzviybog'liqlik bo'ladi;

- har bir mashg'ulot oldingisiga tayanadi va keyingisi uchun asos bo'ladi

O‘zbek olimlari O‘.Tolipov va R.Choriyevlarning ta’kidlashicha, izchillik va uzviylik didaktikaning asosiy tamoyillaridan biri bo‘lib, ta’lim mazmunini tashkil qiluvchi vositalar: dastur, metodik tavsiya, qo‘shimcha ko‘rgazmali materiallarning o‘zaro mantiqan bog‘lanishini, tayanch bilimlar asosida yangi bilimlarni o‘zlashtirilishini, ta’limning muayyan bosqichlarida bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirishda o‘zaro bog‘liqlikni taqozo etadi.