Savodxonlikka o‘rgatish analiz-sintez tovush metodiga asosan olib boriladi. So‘z bo‘g‘inga bo‘linadi, bo‘g‘indan kerakli o‘rganilayotgan tovush ajratilib olinadi, tahlil qilinadi, o‘rganiladigan harf bilan sintezlanadi, shu asosda harf va butun o‘qish jarayoni o‘zlashtiriladi. Bunda o‘zbek tili grafik tizimi, tovushlarni yozuvda belgilash xususiyatlari
hisobga olinadi.
Analiz-sintez (tovush-tarkib) tovush metodiga Konstantin Dmitriyevich Ushinskiy asos solgan. Bu metod hozirgi kunga qadarancha takomillashdi. Shu bois analiz-sintez tovush metodining an’anaviy hamda shakllanish jarayonidagi tamoyillari quyidagilardan iborat:
1. Savodxonlikka o‘rgatishda analiz-sinteztovush metodi shaxsni shakllantirish maqsadiga ko‘ra ta’limiy va rivojlantiruvchi xarakterga ega bo‘lib, nutqiy mashqlar orqali aqliy rivojlanishni hamda o‘qishning ongli bo‘lishini ta’minlaydi.
2. Analiz-sintez tovush metodida psixolingvistik nuqtai nazardan quyidagilarga e’tibor qaratiladi:
a) savodxonlikka o‘rgatish bolalarning jonlinutqiga, ular egallagan nutq malakasiga asoslanadi;
b) savodxonlikka o‘rgatishga tovush asosqilib olinadi, unda tovushni ajratishga, analiz va sintez qilishga, tovushlar artikulatsiyasiga, bolalarda fonematik eshitishni rivojlantirishga katta ahamiyat beriladi;
d) o‘qish birligi sifatida bo‘g‘in olinadi,bo‘g‘in ustida ishlashga e’tibor qaratiladi.
Metodning shakllanish va tashkil topish jarayonidagi tamoyillari quyidagilar:
1. Savodxonlikka o‘rgatish jarayonida bolagadifferensial va individual yondashish (bu bolaning umumiy rivojlanishi hamda o‘qish va yozishga tayyorligiga bog‘liq).
2. Grammatika, so‘z yasalishi, imlo,leksikologiyaga oid bilimlarni nazariyasiz amaliy asosda muntazam berib borish.
3. Tovush va harfni o‘qitishning qulayusulini izlash, tovush va harflarning mosligini, osonligini, ta’limning tarbiyaviy va rivojlantiruvchi xususiyatlarini hisobga olish.
Savodxonlikka o‘rgatish jarayonini tashkil etish metodikasi
Analiz-sintez metodida savodxonlikka o‘rgatish jarayoni 2 bosqichda davom etadi.
Birinchi bosqichda:
– tarbiyalanuvchilarga quyidagilar
Øog‘zaki va yozma nutq,
Øgap,
Øso‘z,
Øbo‘g‘in,
Øtovushlar,
Ønutqning gaplardan, gaplarning so‘zlardan tuzilishi,
Øso‘zlarning bo‘g‘inlarga bo‘linishi,
Øbo‘g‘inlarning tovushlardan tashkil topishi haqida ma’lumot beriladi.
Øtovushlarning unli va undosh tovushlarga ajratilishi o‘rgatiladi hamda ulardan amaliy foydalana bilish ko‘nikmalari hosil qilinadi.
Shuningdek, bu bosqichda bolalarning bog‘lanishli nutqi ustida ishlanadi. Bunda tarbiyachi bolalarga nutq haqida tushuncha beradi, nutqning kichikroq bo‘lagi gap bilan tanishtiradi. Gapning so‘zlardan tuzilishi, gapning birinchi so‘zi bosh harf bilan yozilishi, oxirida nuqta, so‘roq, undov belgilari qo‘yilishi ko‘rsatmali didaktik materiallar orqali
tushuntiriladi.
Har bir narsaning nomi-bu so‘z ekani, so‘z bo‘g‘inlarga bo‘linishi, bo‘g‘in va so‘z tovushlardan tuzilishi, tovushni talaffuz qilish, eshitish mumkinligi, tovushlar unli va undosh bo‘lishi, ularning yozuvdagi ifodasi harf bilan ifodalanishi aytiladi.
Savodxonlikka o‘rgatishning bu bosqichida analiz quyidagi metodik yondashuv bo‘yicha olib boriladi:
1. Nutq tarkibidan gapni ajratish.
2. Gapdan so‘zlarni ajratish va so‘zlarning bosh shaklini topish.
3. So‘z ichidagi yangi tovushni aniqlash va uning bo‘g‘indagi o‘rnini belgilash.
4. Bo‘g‘in tarkibidagi yangi tovushlarning talaffuzini orfoepik me’yorda o‘rganish.
5. Bosma harfda o‘rgatilgan yangi tovushning yozma shaklini tanishtirish.
D harfi misolida analiz metodining o‘tkazilishiga namuna.
Tarbiyachi sujetli rasm asosida bolalar bilan kichik matn tuzib oladi.
Kuz keldi. Dalada sabzavotlar pishib yetildi. Dehqonlar hosilni yig‘ib olmoqdalar.
Tuzilgan matndan o‘rganilayotgan tovush ishtirok etgan so‘zli gap ajratib olinadi. Dalada sabzavotlar pishib yetildi.
Gapdan dalada so‘zi, bu so‘zdan esa d tovushi qatnashgan bo‘g‘inda va bo‘g‘indan d tovushi ajratilib olinadi hamda uning bosma shakli (harf) yozilishi ko‘rsatiladi.
Analiz mashqlari
1. Nutq (gap)dan so‘zni ajratish; so‘zni aniq talaffuz qilish; bo‘g‘inlarga bo‘lish va bo‘g‘inlarni aniq talaffuz qilish, so‘zdan, bo‘g‘indan tovushni kuchli talaffuz qilib o‘qish, muayyan tovushni ajratgan holda so‘zni bo‘g‘inlab o‘qish (aaaa-na, nooon, iiin, sssa-na,
ki-yyyik, iiish).
2. Mashg‘ulotda o‘rganiladiganyangi tovushni ajratish. Bunday tovushni birinchi marta ajratishning bir necha usuli bor:
1) so‘zdan tovushni cho‘zib talaffuz qilishbilan ajratish: aaa-na, looo-la, booo-la;
2) undosh tovushni yopiq bo‘g‘indan ajratish: Usss-mon, O-limmm, A-minnn.
3) sirg‘aluvchi undoshni ochiq bo‘g‘indanajratish: sssa-na, tu- yyya, zzzi-rak;
4) bo‘g‘in hosil qilgan bir unlini ajratish: o-na, u-num, o‘-tin, a-na, e-tik, i-pak;
5) o‘rganiladigan tovushni so‘z boshida kelgan so‘zlardan ajratish (so‘zni tarbiyachi aytadi, birinchi tovushni esa bolalar aytadi): non, tok, olma,...;
6) rasm nomini ifodalovchi so‘zni aytish:tarbiyachi nokning rasmini ko‘rsatib, noo deydi, bolalar k tovushini qo‘shib aytadilar: nok.
3. So‘zdagi tovushlarni sanash vaularning nomini tartibi bilan aytish, sonini aniqlash, bo‘g‘inlarni sanash: Olma —ol-ma; o-l-m-a
- to‘rtta tovush, to‘rtta harf, ikki unli tovush, ikki undosh tovush, ikki bo‘g‘in.
4. So‘zni bo‘g‘inga bo‘lish qarsak orqali amalga oshiriladi. Nechta qarsak chalinsa, so‘z shuncha bo‘g‘indan iborat bo‘ladi.
5. So‘zni bo‘g‘inga bo‘lish uchun kaft iyak tagiga qo‘yilib so‘z talaffuz qilinadi. Necha marta iyak kaftga tegsa, demak so‘z shuncha bo‘g‘indan iborat bo‘ladi.
Bu usullardan barcha mashg‘ulotlar davomida foydalanish mimkin.
Savod o‘rgatishda analiz va sintez bir-biridan ajratilmaydi, chunki analiz o‘qish jarayonini egallash uchun zamin yaratadi, sintez esa ko‘proq o‘qish malakasini shakllantiradi.
Sintez quyidagi metodik yondashuv bo‘yicha olibboriladi:
1. Kesma harflardan foydalanib, bo‘g‘in hosilqilish.
2. Hosil qilingan bo‘g‘inlardan so‘z tuzish.
3. Berilgan so‘zlardan gap tuzish.
4. Kichik gaplardan matn yaratish.
D harfi misolidasintez metodining o‘tkazilishiga namuna.
Tarbiyachi o‘rganilayotgan D tovushi talaffuziniorfoyepik me’yorda o‘rgatadi va uning bosma harf shakli bilantanishtiradi. D harfiga tanish bo‘lgan unli harflarni qo‘shib turli bo‘g‘inlar hosil qilinadi. Da, do, du, di, ad, od,id, ud.
Hosil qilingan bironta bo‘g‘in tanlabolinadi va unga boshqa bo‘g‘inni qo‘shish orqali so‘z tuziladi. Da– la
Tuzilgan so‘zishtirok etgan gap tuziladi. Dalada ish qizg‘in.
Tuzilgan gap mazmuniga mos yana kichik gaplar tuzilib matn hosil qilinadi.
Kuz keldi. Dalada ish qizg‘in. Dehqonlar hosilni yig‘ib olmoqdalar.
Sintez mashqlari.
1. Tovush tomonidan analiz qilingan so‘zniyoki bo‘g‘inni talaffuz qilish va uni kesma harfdan tuzish (yozish); shu so‘z yoki bo‘g‘inni o‘qish.
2. O‘rganilgan undosh yoki unli bilan (na,ni, no; la, lo, li; ay, uy, oy, ...) bo‘g‘in jadvalini tuzish; bo‘g‘in jadvalini kitobdan yoki matndan o‘qish; kesma harflardan bo‘g‘in jadvalini tuzish.
3. Bola-lola-tola, boy-soy-loy, baxt-taxt,ona-ota, mosh-bosh kabi bir undosh harf bilan farqlanadigan yoki ona-ana, ukki-ikki, osh-ish kabi bir unli harf bilan farqlanadigan so‘zlarni o‘qish (bunday so‘zlarni bolalarning o‘zlari topib o‘qishlari mumkin).
4. So‘zning boshiga yoki oxiriga bir harfqo‘shib, yangi so‘z hosil qilib o‘qish: ola-lola, osh-bosh, oy-toy, boy, soy, loy; o‘roq-so‘roq; ol- xol, sol; sava-savat; son-oson; ayiq-qayiq; olti-oltin.
5. Tovushni yoki bo‘g‘inni tushirib qoldirib,yangi so‘z hosil qilish va o‘qish: anor-nor, gulnor-gul, yelkan-yelka, bog‘la-bola.
6. Bo‘g‘in qo‘shib yangi so‘z hosil qilish vao‘qish: bog‘-bog‘bon, gul-gulzor, paxta-paxtakor.
Sintez metodidagi bunday ish turlari tovush ustida ishlashni harf ustida ishlash bilan birga qo‘shib olib borishni talab qiladi. Bu ish usullari qiziqarli bo‘lib, mashg‘ulot jarayonini bolalar uchun zavqli, qiziqarli eng muhimi o‘quv materialini bolalar tomonidan tez va puxta o‘zlashtirilishiga asos bo‘ladi. Umuman, savodxonlikka o‘rgatish jarayonida analiz-sintez usullari tizimi bolaning faol fikrlashini, bilish mustaqilligini ta’minlaydi, bolalarda kuzatuvchanlikni, ziyraklikni o‘stiradi.
Savodxonlikka o‘rgatish mashg‘ulotlarida o‘quv-didaktik vositalar sifatida kesma harflar, kesma bo‘g‘inlar va harf terish (taxtali, magnitli, interfaol) doska, abak (harakat qiladigan lentali ko‘rgazma), videoproyektor (ekrani bilan), multimedia, taqdimot (Power Point), didaktik materiallar (rasm, kartochka, plakat, pazllar) kabi ko‘rsatma vositalardan ham foydalaniladi; tovushlarning talaffuzi ustida ishlash uchun, shuningdek, yozib olingan ifodali nutqni (asosan, badiiy asarni) takroriy eshittirish uchun kompyuter video va audio materiallarni qo‘llash tavsiya etiladi.
Fikr almashish,muloqat gap vositasida amalga oshiriladi, shuning uchun ham gapni o‘qishga, gap tuzishga, gap mazmunini aniqlashga, gapni to‘g‘ri yozishga oid amaliy bilimlar savodxonlikka o‘rgatish mashg‘ulotlarida shakllantiriladi.
Tayyorlov guruhi tarbiyalanuvchilarida nutq, uningog‘zaki va yozma shaklda bo‘lishi, nutqning gaplardan hosil bo‘lishi va gap haqida amaliy tushuncha syujetli rasmlar yordamida hosil qilinadi. Buning uchun tarbiyachi rasm yuzasidan 3-4so‘zli savollar tuzib keladi.
Masalan:
1. Rasmda nima tasvirlangan ?
2. Aziz dalada nima qilyapti?
3. Kimlar bog‘da olma teryapti ?
Bolalarning javob gaplari tuzilishi doskada quyidagicha tasvirlab beriladi:
Bolalar javoblaridan nima hosil bo‘lgani (gap, matn) aniqlanadi. So‘ng tarbiyachi doskada matn chizmasini ko‘rsatadi.
Tarbiyachi birinchi chizma 1-berilgan savol(gap)ning javob gapi ekanini aytadi. So‘ngra bolalarga nechta savolberilgan va nechta javob olinganini aniqlash topshirig‘i beriladi. Ularga “Chizmaning boshi nima uchun burchakli? Oxiriga nima qo‘yilgan?" kabi savollar bilan murojaat qilinadi. Ular “3 ta savol - 3 ta gap berilgan edi, shuning uchun 3 ta javob 3 ta gapning chizmasi chizilgan" deyishadi.
Javoblar umumlashtirilib, gapning boshlanishi burchakli chiziq bilan ko‘rsatilishi,
oxiriga gapning tugaganligini bildiruvchi tinish belgi - nuqta qo‘yilgani tushuntiriladi. Bolalarning javoblari tartiblashtirilib va to‘ldirilib, quyidagicha xulosa chiqariladi: Demak, nutqimiz gaplardan tuzilar ekan. Nutqda 2, 3, 4 ta va undan ham ko‘p gap bo‘ladi. Gapning boshlanishi burchakli chiziq bilan belgilanadi, gapning tugagan joyiga tinish belgi - nuqta qo‘yiladi.
Umuman, savodxonlikka o‘rgatish jarayonida gap, gapning so‘zlardan tuzilishi, gapda
so‘zlarning alohida-alohida yozilishi, gapning oxiriga mazmuniga qarab nuqta, so‘roq, undov belgisi qo‘yilishi, gapning birinchi so‘zi bosh harf bilan yozilishi haqida amaliy tushuncha beriladi.
Gap yuzasidan quyidagicha mashq turlaridan foydalanish mumkin:
1. Tarbiyachi yoki bolalardan biri aytgangapni tarbiyalanuvchilarning doskada chizma shaklida tasvirlashi va gapda
nechta so‘z borligini aytadi (bunda gap rasm asosida tuziladi).
2. Berilgan syujetli rasm asosida tuzilganhikoyadan o‘rganilayotgan tovush-harf qatnashgan so‘z bor gap ajratib olinib, uning chizmasi doskada chizdiriladi. Shundan so‘ng o‘sha so‘z bo‘g‘in- tovush jihatdan tahlil qilinadi.
4. Rasm asosida tuzilgan hikoyadan istalgangapning chizmasini doskada ifodalash. Bunda bolalarning gapni bir butun holda xotirasida saqlagani, gapga xos xususiyatlarni ongli o‘zlashtirgani aniqlanadi. Bu jarayonda bir necha bolaga bir nechta gap chizmasi chizdirilishi mumkin.
5. Matndan berilgan chizmaga mos gapniajratib olish va izohlab berish.
6. Matndagi har birgapning chizmasini chizdirish. Matn dastlab 2-3, so‘ng 3-4 gapli bo‘lishi maqsadga muvofiq. Tuzilgan matnni tarbiyachi qayta aytib turadi, bolalar bittadan doskadauning chizmasini ifodalaydilar. Matnning chizmasi shu tariqa doskada o‘z ifodasini topadi. Misol:
Bu bizning oila. Oilamiz besh kishidan iborat. Bizning oilamiz inoq.
7. Sinkveyn mashqi
Sinkveyn bu besh qatordan iborat she’rdir.
Uning yozilishida ma’lum qoidalar bor.
Birinchi qatori bitta kalit so‘zdan iborat bo‘ladi. (asosan ot turkumiga oid) Bu so‘z she’rning mazmuni belgilaydi. Bu so‘z biron bir predmet nomi, shaxs nomi yoki biron
qahramon bo‘lishi mumkin.
Ikkinchi qatori ikki so‘zdan iborat. Unda birinchi qatordagi so‘zni belgisini ifodalovchi
so‘zlar bo‘lishi kerak. (sifat so‘z turkumiga oid so‘zlar)
Uchinchi qatori esa uch so‘zdan iborat bo‘lib, berilgan so‘zlar harakatini anglatishi lozim
(fe’l so‘z turkumiga oid so‘zlar).
To‘rtinchi qator to‘rt so‘zdan iborat bo‘lib, she’r mavzusiga munosabat bildiriladi (gap
yoki ibora).
Beshinchi qator bitta so‘zdan iborat bo‘lib, u birinchi qatordagi so‘zni sinonimi yoki shu
so‘zni anglatuvchi boshqa so‘z beriladi.
Masalan:
Bahor
Chiroyli, ko‘m-ko‘k
Isiydi, yashnaydi, gullaydi
Men bahorni juda yoqtiraman.
Ko‘klam
Quyon
Momiq, oppoq
Sakraydi, qo‘rqadi, kemiradi
U o‘rmonda yashovchi hayvon
Uzunquloq
8. Kichik guruhlarda ishlash. Tarbiyalanuvchilar 4 kishidan iborat bo‘lgan kichik guruhlarda quyidagi vazifani birgalikda bajaradilar: berilgan so‘zli kartochkalardan gap tuzing. Masalan: Qizil olma yedim. Guruhlarga vazifani bajarish uchun vaqt beriladi. Guruh ishini yakunlagach tuzgan gapini o‘qib taqdim qilib beradi.
9. “Telegram” mashqi
Tarbiyachi kichik guruhlar tashkil etadi. Doskaga gapning bitta so‘zi tushurilib yoziladi. Har bir kichik guruh stolida so‘zli kartochkalar bo‘ladi. Tushirilib qoldirilgan so‘zni stoldagi kartochkalardan mosini tanlab doskaga joylashtirish kerak bo‘ladi. Bu ish bir necha variantda takrorlanishi mumkin.
So‘z ustida ishlash
So‘z ustida ishlash jarayonda tarbiyachi rasmli kartochka asosida yoki narsalarning o‘zi
yordamida har bir aytilayotgan nom so‘z ekanligi tushuntiradi, „so‘z“ tushunchasi shakllantiriladi. Bu borada quyidagicha ishlar omalga oshiriladi:
1. So'z to‘g‘ri, adabiy-orfoepik talaffuzi va o‘qilishini o‘rgatish.
2. So‘z ma’nolarini tushuntirish.
3. Tarbiyalanuvchilar nutqiga yangi so‘zlarni kiritib borish, ya’ni lug‘atini boyitish.
4. So‘zlarni uslubiy jihatdan to‘g‘ri qo‘llashga o‘rgatish.
5. Berilgan so‘zni imlo jihatdan to‘g‘ri yozishga o‘rgatish.
So‘z ustida ishlash jarayonida quyidagicha og‘zaki mashq turlaridan foydalanish mumkin:
1. Bir xil qo‘shimchali so‘zlardan topish.Masalan: ishla, tuzla, sozla; gulzor, mevazor, paxtazor vaboshqa.
2. Ohangdosh so‘zlar topish. Misol: ol, bol, tol, mol, sol; bosh, tosh, qosh, osh; va boshqa.
3. Ma’nodosh so‘zlar topish. Bunda „Bu so‘zniboshqa qaysi so‘z bilan almashtirish mumkin?“ deb so‘raladi. Masalan: vatan, yurt, el, mamlakat, diyor; chiroyli, go‘zal, xushro‘y, maftunkor va boshqa.
4. Shakldosh so‘zlar topish. Bunda 2 ta gapberilib ulardagi bir xil yozilgan so‘zni topish aytiladi. So‘z topilgach, uning ma’nolari gaplar vositasida tushuntirib beriladi. Misol: Yozda dam oldik. Xatni qalam bilan yoz.
Qo‘y-uy hayvoni. Olgan narsangni joyiga qo‘y.
5. Qarama-qarshi ma’noli so‘zlar topish.Misol: yaxshi-yomon, baland-past, oq-qora, odobli-odobsiz, katta-kichik va boshqa.
6. Ko‘p ma’noli so‘zlar yordamida birikmalar tuzish: odamning ko‘zi — uzukning ko‘zi, taxtaning ko‘zi... Bunda tarbiyachi boshlab beradi va qator tarbiyalanuvchilar tomonidan davom ettiriladi. Bu mashqni rasmli kartochkalarni ko‘rsatish orqali ham o‘tkazish mumkin.
7. So‘z ustida ishlash jarayonida kesma harf va kesma bo‘g‘inlar yordamida yozma mashqlar tashkil etiladi.
8. O‘rganilayotgan harfdan bir bo‘g‘inliso‘zlarni kesma harflardan tuzish va o‘qish: nok, nay, osh, oy, ip, tom, do‘st, qand, baxt va boshqa.
9. Berilgan chizma asosida so‘zlar tuzish va ulani o‘qib, ma’nosini izohlash. Misol: Bu
chizma asosida qush-cha, do‘p-pi, ruch-ka kabi so‘zlar tuziladi.
O‘yin tarzida olib boriladigan bu kabi ish turlari tarbiyalanuvchilarning lug‘atini boyitish
bilan birga, o‘qishga qiziqish uyg‘otadi, imloviy sezgirlikni oshiradi va so‘zning tovush tarkibi haqidagi tasavvurlarini kengaytiradi.
10. “Ha, yo’q” mashqi
Tarbiyachi bitta narsaning rasmini bolalarga teskariqilib ushlab turadi va rasmda tasvirlangan narsaning nima ekanligini savollar
berish orqali aniqlanishini aytadi.
Bolalar savollariga to‘g‘ri javob topilmagunga qadartarbiyachi faqat “Ha”yoki “Yo‘q”, “Ham ha, ham yo‘q” so‘zlari bilan javob beradi. Narsa nomi topilgach rasm bolalarga ko‘rsatiladi.
Yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiku, savodxonlikka o‘rgatish o‘ta mas’uliyatli jarayon
bo‘lib, mashg‘ulotlar bolalarning faol ishtirokini ta’minlaydigan ta’limiy o‘yinlar, interfaol metodlar va AKTdan foydalangan holda tashkil etilishiga erishish lozim.